
Kaka Ronalduning “Real”dagi qilmishini oshkor qildi
Madridning “Real” jamoasi sobiq futbolchisi Kaka sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning qilmishi haqida so‘zladi. Braziliyalik futbolchining aytishicha, Ronaldu “Real” ishchilariga 15 ta telefon sovg‘a qilgan.
“Biz Los-Anjelesdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik, Ronaldu esa kimdandir 15 ta telefon xarid qilishni so‘rab, klub ishchilariga sovg‘a qilishni tayinladi. Ronaldu bu kabi saxovatli ishlarni ko‘p amalga oshirgan. U atrofdagilar haqida qayg‘uradigan ajoyib inson”, – dedi Kaka.
Ma’lumot uchun, Kaka va Ronaldu 2009–2013 yillarda birgalikda “Real”da to‘p surishgan.
Fikrlar