
KXL. "Salavat Yulaev" Sankt-Peterburgda irodali g‘alabaga erishdi
Kecha muntazam chempionat doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ufaning "Salavat Yulaev" klubi Sankt-Peterburgda SKA mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv avvalidayoq o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqaniga qaramasdan ketma-ket 4 ta gol kiritib, 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mavsumni juda ham omadsiz tarzda boshlagan "Sibir" esa kecha "Dinamo Riga"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu novosibirskliklarning mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
"Dinamo" va TsSKA o‘rtasidagi Moskva derbisida esa omad "armiyachilar"ga kulib boqdi - 1:3
KXL. Muntazam chempionat
SKA - "Salavat Yulaev" 1:4
"Dinamo Riga" - "Sibir" 3:0
"Dinamo" - TsSKA 1:3.
Fikrlar