KXL. Gollarga boy bo‘lgan oqshom

  • 16 sentabr, 2018, 10:51
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Kun doirasidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Magnitogorskning "Metallurg" klubi o‘z maydonida Chelyabinskning "Traktor"ini qabul qildi. Gollarga boy o‘tgan bellashuv mehmonlarning 6:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. 

Tecno

G‘alabali odimini davom ettirayotgan Yaroslavlning "Lokomotiv"i esa kecha "Severstal"ga qarshi uchrashuvda ham bu seriyani davom ettirdi - 4:1. 

Moskva viloyatining "Vityaz" jamoasi Bratislavaning "Slovan"idan 6:4 hisobida ustun keldi. "Vityaz" ettinchi o‘yinda to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. "Slovan" ham shuncha uchrashuvda ishtirok etgan va 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

KXL. Muntazam chempionat

"Metallurg" Magnitogorsk - "Traktor" Chelyabinsk 5:6

"Lokomotiv" Yaroslavl - "Cherepovets" Severstal 4:1

"Vityaz" Podolsk - "Slovan" Bratislava 6:4.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!