Joshua va Uayt jamoalari jang borasida deyarli kelishuvga erishdi

  • 1 fevral, 2019, 15:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Entoni Joshua promouteri Eddi Xirn so‘zlariga ko‘ra, britaniyalik bokschi va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang borasida tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turishibdi, biroq jang 13 aprel kuni tashkil qilinmaydi.

Tecno

Biz kelishuvga erishishga juda yaqin keldik. Agar 13 aprel kuni “Uembli”da jang qilmagan taqdirda ham, boshqa vaqtga boshqa stadionni band qilamiz. Jang Angliyada joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkazilishi mumkin. Men shartnoma imzolanishiga ishonaman. Agar muzokaralar bekor bo‘ladigan bo‘lsa, iyun oyida Joshua Nyu-Yorkka jo‘nab ketadi va Jarrel Miller bilan jang qiladi, – deydi Xirn.

Avvalroq Joshua jamoasi ushbu jang uchun Uaytga 6,5 mln dollar taklif qilganligi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!