
Jorje Mendesh bu yoz yana 2ta super transferni amalga oshirmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh joriy yozgi transferlar davrida yana 2ta super transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mashhur agent "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni "Inter"ga olib o‘tib, uning o‘rniga Madridga "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni transfer qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, har ikkala futbolchining transferi 100 mln evrodan ortiq bo‘lishi aytilmoqda.
Fikrlar