Jeparovdan Aliboevgacha. Janubiy Koreya klublarida to‘p surgan o‘zbek futbolchilari (Shahzod Xolboev blogi)

  • 25 dekabr, 2018, 21:07
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Unga ko‘ra, hamyurtimiz 3 yil davomida Janubiy Koreya poytaxtida to‘p suradi.  Biz esa shu munosabat bilan ushbu mamlakatda to‘p surgan futbolchilarimiz bilan sizlarni  tanishtiramiz.

Tecno

Server Jeparov

62e4d6966176ca5bcce58dcf1fec7dc5

Koreyada to‘p surgan ilk o‘zbek futbolchisi aynan Jeparovdir. Server 2010 yil “Seul” klubiga o‘tadi va poytaxt klubida ikki mavsum to‘p surib, mamlakat chempioni va liga kubogi g‘olibi bo‘ladi. Jeparov shunigdek, 2013 yilda “Seongnam Ilva”, 2015 yilda esa “Ulsan Xyonde” klublarida ham to‘p suradi. Jumladan, “Seongnam” safida mamlakat kubogida g‘olib bo‘ladi.

Temur Kapadze

Kapadze 2011 yilgi Osiyo kubogidan so‘ng “Inchxon Yunayted”  jamoasiga o‘tadi. O‘rtamiyona jamoa sanaladigan mazkur klub safida hamyurtimiz faqat bir mavsum to‘p suradi xolos.

Aleksandr Geynrix

geynrix suwon

Sasha ham Qatarda o‘tgan qit’a birinchligidan so‘ng faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi. “Paxtakor” uni ijara asosida “Suvon Blyuingz” jamoasiga beradi. Ushbu klubda bir mavsum to‘p  surgan Geynrix 23 ta bahsda 3 bor gol kiritishga erishadi va jamoani kubok finaliga chiqishiga katta xissa qo‘shadi.

Bahodir Nasimov

nasimov

2017 yilda Bahodir Nasimov Janubiy Koreyaning birinchi divizionida faoliyat olib boradigan “Ansan Griners” safiga borib qo‘shilgan edi. Nasimovning Koreyadagi faoliyati u qadar omadli chiqmagan bo‘lsada, yurtdoshimiz “Ansan” tarixidagi ilk golning muallifi sanaladi.

Bahodir Pardaev

Pardayev - Copy 1

Xuddi shu yilning o‘zidayoq Koreyadagi Bahodirlar soni yana bittaga oshgan edi. Pardaev quyi ligada o‘ynovchi “Bucheon” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Yarim mavsum davomida raqib darvozasiga 1 ta to‘p kiritishga erishgan Pardaev va yana O‘zbekistonga qaytib keladi.

Ikrom Aliboev 

aliboyev seoul

Ikrom Aliboev 2013 yilda "Lokomotiv"dagi debyut o‘yinini o‘tkazgandi. Shundan buyon u o‘tgan 6 mavsum davomida 97 o‘yinda "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qildi va unda 11 gol kiritdi.

Osiyo o‘yinlarida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan O‘zbekiston termasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shgan Ikrom "Seul" klubi va koreyalik muxlislarning nazariga tushdi. Yosh va g‘ayratli futbolchi 2019 yilning 1 yanvarida e’tiboran yangi jamoasi sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
26/12/2018 15:36
Аслида джепаров потенциали европа клубларида уйнаш учун етарли эди.