
Jahon chempionatining so‘nggi kunida 2 nafar hamyurtimiz tatamiga ko‘tariladi
Bugun dzyudo bo‘yicha Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatining so‘nggi kungi bahslariga start beriladi.
Ushbu kungi bahslar doirasida -100 va +100 kg vazn toifasidagi sportchilar g‘oliblik uchun kurashishadi. Xususan, ushbu bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz ham o‘z kuchi va omadini sinovdan o‘tkazadi.
Xususan, -100 kg vazn toifasida Artyom Bagdasarov "S" guruhining dastlabki bosqichida bosniyalik Nikola Kaporga qarshi tatamiga ko‘tirilsa, eng og‘ir vazn toifasida Alisher Yusupov o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. Ushbu vazn toifasining "B" guruhi dastlabki bosqichida hamyurtimizga estoniyalik Tanel Kapro raqiblik qiladi.
Fikrlar