Ivitsa Olich: Rossiya qarshi xujumlarda tayandi, biroq omad Xorvatiya tomonda edi

  • 8 iyul, 2018, 16:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi o‘rinbosari Ivitsa Olich JCh-2018 doirasida Rossiyaga qarshi uchrashuv natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Rossiya terma jamoasi qarshi xujumlarga tayanib maydonda harakat qildi. Birinchi bo‘lib hisobda oldinga chiqib olganlaridan so‘ng, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishdi. Bunday vaziyatda ham bizda 2-3ta qulay xujumlardan foydalana olishimizga ishonchim komil edi. 

Rossiyani juda yaxshi ko‘raman, shu sababdan jahon chempionatida Xorvatiya Rossiyaga qarshi maydonga tushishini xohlagandim.

Ammo o‘yin natijalariga ko‘ra, omad Xorvatiya terma jamoasi tomonida edi, - deya Olichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Gazeta.ru nashri.

Ma’lumot uchun, Ivitsa Olich 2003-2007 yillar davomida Moskvaning TsSKA klubida to‘p tepgan. 

Mundial yarim finali doirasida Xorvatiya Angliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!