
"Inter" Modrichni sotib olishdan umidini uzmayapti
Milanning "Inter" klubi hamon "Real" xavbeki Luka Modrichni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Aytish lozimki, yozda “Inter”ning ushbu rejasi amalga oshmay qolgan edi.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar