Ilhom Mo‘minjonov: Biz maydonga qarab o‘ynamaymiz, raqibdan kelib chiqib o‘yin tashkil qilamiz

  • 15 sentabr, 2018, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugun O‘zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Uchrashuv muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman. Chunki ular gollar shousiga guvoh bo‘lishdi. Meni xursand qilgan jihat shuki, shogirdlarim o‘yinning 90 daqiqa davom etishini tushunishdi va hakam hushtagiga qadar kurashishdi. O‘yinga tanlangan taktika ishladi. To‘g‘ri, bugun ko‘p gol o‘tkazib yubordik. “Navbahor”da ishlayotganimdan buyon jamoa Namanganda o‘z darvozasidan hali 3ta to‘p o‘tkazib yubormagandi. Ammo raqibning ham “Paxtakor” ekanligini unutmaslik kerak. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani va o‘ynashgani uchun rahmat aytaman.

Tecno

Diskvalifikatsiya sababli, 2 nafar futbolchi Oston O‘runov va Jahongir Mehmonov bugun maydonga tusha olishmadi. Jamoa sardorini esa futbolchilar tanlashdi. Endilikda yil oxiriga qadar jamoani Hoshimov sardor sifatida maydonga boshlab tushadi. Uning sardorlik o‘yini aynan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda boshlandi. Bugun Hoshimov to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi va kelasi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Keyingi bahsda yana boshqa sardorni ko‘ramiz.

Oxirgi yillarda “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari chempionlik shohsupasidan pastga tushmayapti. Ammo “Bunyodkor”ni ham unutmaslik kerak. “Paxtakor” mamlakatimizning eng kuchli jamoalardan biri. Chunki har bir futbolchi “Paxtakor” nomini eshitganda ko‘z oldida yirik va kuchli jamoa gavdalanadi.

Superliganing kuchli oltiligida kuchsiz jamoa va oson o‘yin yo‘q. Chempionlik kurashi esa davom etadi. Biz maydonga qarab o‘ynamaymiz, aksincha, raqibdan kelib chiqib, o‘yinni tashkil etamiz", - dedi Mo‘minjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!