
Gvardiola "siti" rahbariyatidan jamoaga "Real" etakchisini olib kelishni so‘ramoqda
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rahbariyatdan jamoaga “Real” etakchilaridan biri Toni Kroosni olib kelishni so‘ramoqda.
Football Espana nashrining xabar berishicha 47 yoshli kataloniyalik mutaxassis Germaniya terma jamoasi a’zosining “siti” yarim himoyasini sezilarli kuchaytira olishiga ishonmoqda. Gvardiola ushbu futbolchini sotib olish uchun jamoa rahbariyati qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshirishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar