Go‘zal Ismatova jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

  • 21 noyabr, 2018, 10:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XI jahon chempionati bahslari davom etmoqda

Tecno

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) tomonidan o‘tkazilayotgan chempionatda vazni 81 kilogrammdan yuqori bo‘lgan hamyurtimiz Go‘zal Ismatova chorak finalda rossiyalik Kristina Tkachevaga qarshi ringga ko‘tarildi

«IG Indoor Stadium» sport saroyida o‘tgan bellashuvda Go‘zal raqibiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Shu tariqa mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘z ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!