Golovkin va Alvares revansh jangi 5 may kuni o‘tkaziladi

  • 20 noyabr, 2017, 18:19
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Golden Boy promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Oskar de la Xoyya o‘rta vazn toifasining WBA (Super), IBF va WBC chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares o‘rtasidagi revansh jangi kelasi yilning 5 may sanasida Las-Vegasda tashkil etilishini ma’lum qildi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, birinchi qarama-qarshilikda bokschilarning kuchi teng kelib, durang qayd etilgan edi. Hozirda ikki bokschi ham revansh jangi bo‘lishini istamoqda.

Biz 5 may kuni Las-Vegasda jang tashkil qilish ustida ish olib boryapmiz, – deydi De La Xoyya. – Bu to‘qnashuv aniq bo‘ladi.

Golovkin faoliyati davomida 37 g‘alaba (33 nokaut) va bitta durang qayd etgan bo‘lsa, Alvares hisobida 49 g‘alaba (34 nokaut), 1 mag‘lubiyat va 2 durang mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!