
Gabriel Jezus safar o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatmoqda
"Manchester Siti" klubining braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus kecha "Oksford"ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
E’tiborlisi, 21 yoshli futbolchi shu tariqa “shaharliklar” safida ketma-ket safardagi 3-o‘yinda raqib darvozasin ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Jezus joriy mavsum “Manchester Siti”da jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar