
Gabriel Jezus "Barselona"ga o‘tishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” forvardi Gabriel Jezusni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Aytish lozimki, braziliyalik futbolchi joriy mavsum “shaharliklar” safida asosiy tarkibga kira olmayapti, kataloniyaliklar esa o‘zining optimal formasiga kela olmayotgan hujumchi Luis Suaresning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Jezus esa bu o‘ringa nomzodlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ammo, “Barselona”ning short-listida shuningdek Timo Verner («Leyptsig») va Xarri Keynlarning («Tottenxem») ham ismi bor.
Eslatib o‘tamiz, Jezus yaqindagina “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan edi.
Fikrlar