Xabaringiz bor, kecha Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari boshlandi. Birinchi kun uchrashuvlarida Eron Turkmanistonni, O‘zbekiston esa Qirg‘izistonni bir xil 6:3 hisobida taslim etishdi.
Bugun saralash bahslari davom ettirilmoqda. Kunning birinchi uchrashuvida Tojikiston Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. "O‘zbekiston" sport majmuasida kechgan bellashuvda qirg‘izistonliklar 6:1 hisobida ustun kelishdi.

Soat 16:00da esa Afg‘oniston Turkmaniston bilan kuch sinashadi.
Markaziy mintaqadan Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari joy olishgan.
2 dekabr
13:00 Tojikiston – Qirg‘iziston 1:6
Fikrlar