
Frantsiya - Belgiya. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Hozirgina JCh-2018 yarim final boschiqidan o‘rin olgan Frantsiya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan o‘yinda faranglar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvda yagona bo‘lgan gol muallifi Samuel Umtiti esa bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
24 yoshli himoyachi 51-daqiqada Grizmanning burchak zarbasidan uzatgan to‘pini bosh bilan Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi va Frantsiyaga final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Fikrlar