
Filipe Luis "Barselona"ga o‘tishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda "Atletiko" himoyachisi Filipe Luisni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 33 yoshli braziliyalik futbolchini o‘zining asosiy qanot himoyachisi Jordi Albaga munosib o‘rindosh sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Filipe Luisning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “Barselona”ga tekinga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Luis joriy mavsum 20ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar