
Fabregasga Turkiya grandi jiddiy qiziqib qoldi
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Chelsi" xavbeki Sesk Fabregasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 31 yoshli ispaniyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Unga ayni damda turk klubidan tashqari shuningdek “Atletiko” hamda “Milan”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Fabregas “Chelsi” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U bundan avval shuningdek “Arsenal” va “Barselona” kabi jamoalarda ham o‘ynagan.
Fikrlar