
Evropalik go‘zal tennischilar Yaponiyada porlamoqda
Yaponiyaning Tokio shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Toray Pan Pacific Open" turnirda ispaniyalik Garbin Mugurusa ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Garbin ushbu musobaqaning ilk bosqichida shvetsariyalik Belinda Benchichni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Italiyalik Kamila Jorji esa ushbu davrada mezbon tennischi Misaki Doiga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Slovakiyalik Dominika Tsibulkova esa yana bir yapon tennischisi Nao Xibino ustidan uch setda –6:1, 5:7, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar