Evra o‘z xizmatlarini "Yuventus"ga taklif etdi

  • 3 fevral, 2019, 01:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Corriere di Torino nashri aynan bu haqda xabar bermoqda. Ma’lumot uchun, 37 yoshli futbolchi 2014-2016 yillarda  ham "keksa sinora" safida to‘p tepgan edi. U hozirda erkin agent  maqomidadir.

Tecno

Evraning so‘nggi jamoasi "Vest Xem Yunayted" bo‘lgan edi. Londonda frantsiyalik futbllchi 5 ta bahsda maydonga tushdi xolos.

"Yuventus" esa ayni vaqtda tarkib bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Himoyachilar Leonardro Bonuchchi, Jorjo Kellini va Andrea Bardzalilar jarohatlari bois turinliklarga yordam bera olishmayapti. Mehdi Benatiya esa Qatarning "Al-Duhayl" klubi safiga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!