
Eshli Yang MYuda yana 2 yil qolmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 33 yoshli angliyalik futbolchi mankuanliklar bilan kelishuvni yana 2 yilga uzaytirishga umid qilmoqda. Qayd etish lozimki, uning MYu bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Yang joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar