
Erik Kantona: Sulsher – Fergyusonning ruhiy o‘g‘li
"Manchester Yunayted" klubi afsonalaridan biri Erik Kantona norvegiyalik mutaxassis Ule Gunnar Sulsherning “qizil iblislar” boshqaruvidagi muvaffaqiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Hamma sobiq futbolchilar ham murabbiy bo‘laverishmaydi. "Manchester Yunayted"ga esa aynan klub ruhiyatini his qiladigan va uning tuzilmasini tushinadigan odam kerak. Sulsher esa xuddi ana shunday inson. U murabbiylik borasida ser Aleks Fergyusondan ilhomlangan. Sulsher – Fergyusonning ruhiy o‘g‘li”, - deydi Kantona.
Eslatib o‘tamiz, Sulsher MYu bosh murabbiy etib 2018 yilning 19 dekabrida tayinlangan edi. O‘tgan davr mobaynida mankuanliklar uning boshqaruvida jami 13ta o‘yin o‘tkazishdi va ularda 11ta g‘alaba, 1ta durang va 1ta mag‘lubiyat qayd etishdi.
Fikrlar