Poytaxtimizdagi "Unversal" sport saroyida qo‘l jangi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi va bir qator tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilayotgan chempionatda 900 nafar sportchi 35 vazn tosifasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Chempionatning o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston terma jamoasini mahoratli sportchilar bilan to‘ldirish va joriy yilgi mavsumda o‘tadigan xalqaro musobaqalarda munosib qatnshishdir.
Bugun, boshlangan O‘zbekiston chempionatining so‘nggi hal qiluvchi final janglari shanba, 9 fevral kuni o‘tkazilad.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA muxbiri
Fikrlar