"Empoli" - "Milan" bahsi A Seriyaning 6-turini yakunlab beradi

  • 27 sentabr, 2018, 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Italiya A Seriyasida 6-turdan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi. Bugun esa “Empoli” hamda “Milan” jamoalari to‘qnashuvi ushbu turga yakun yasab beradi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

“Milan” va “Empoli” shu kungacha o‘zaro 24 marta kuch sinashishgan. Shularning 14tasida “rossonerilar” g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 3tasida “Empoli”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 7ta o‘yin esa durang bilan tugagan.

O‘tgan mavsum “Empoli” o‘z maydonida “Milan”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Biroq, “San Siro”dagi javob bahsida 2:1 hisobida zafar quchgan.

“Milan” ham, “Empoli” ham so‘nggi 7ta o‘yindan buyon gol urib kelishmoqda.

"Empoli" – "Milan"

Stadion: "Karlo Kastellani"

Boshlanish vaqti: 00:00

Bosh hakam: Mikael Fabbri

Taxminiy tarkiblar:

"Empoli": Terrachiano, Lorentso, Mayeta, Veseli, Silvestre, Bennatser, Brigi, Kapetstsi, Krunich,

"Milan": Donnarrumma, Kalabriya, Kaldara, Romanoli, Rodriges, Bonaventura, Bilya, Kessi, Chalxanoglu, Suso, Iguain.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!