
Ektor Kuperning debyut uchrashuvi durang bilan yakunlandi
Poytaxtimiz mezbonligida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli kechgan bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Xususan, 75-daqiqada Marat Bikmaev penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Suriya vakillaridan Omar Al Soma hisobni tenglashtirdi.
Qayd etish lozim, Suriya ushbu o‘yindan so‘ng mag‘lubiyatsiz seriyasi sonini 7 ta o‘yinga etkazib oldi.
Fikrlar