
Ektor Kuper: Xuddi muxlislar singari men ham ilk o‘yinda g‘alaba qozonishni istagandim
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper biroz avval yakuniga etgan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
- Muxlislarning hammasi birinchi o‘yindan g‘alaba kutadi. Shuningdek men ham g‘alaba qozonmochi edim. Lekin, omadimiz kelmadi. O‘tgan 8-10 kun davomida futbolchilarga imkon qadar o‘z tushunchamni etkazishga harakat qildim.
Bizda tarkibni yaxshilash uchun etarli vaqt bo‘lmadi. Futbolchilarning hozirgi harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Jamoaning haqiqiy kuchini vaqt o‘tishi bilan ko‘rasiz.
Yana bir bor aytaman bu birinchi o‘yin. Kecha aytganimdek mendan mo‘jiza kutmanglar. Oldimizda Osiyo kubogi va JCh saralashi turibdi. Bungacha esa biz jamoaning hujum chizig‘i va himoyasi ustida katta ishlarni amalga oshiramiz. Eron bilan o‘yinda biz yangi taktikada to‘p suramiz, bugungi o‘yinda maydonga tushmagan futbolchilarni ham sinab ko‘ramiz
Mening bu o‘yindagi asosiy maqsadim futbolchilarning maydonda qanday harakat qilishini kuzatish edi. O‘yinimizda kamchiliklar bor albatta. Lekin bir narsani yana bir bor ta’kidlab o‘tishni istardimki, o‘rtoqlik uchrashuvlarida men uchun asosiysi natija emas balki turli taktik sinovlarni o‘tkazishdir. Futbolchilar bir-birlarini to‘liq tushuna boshlashsa, natijalar ham yaxshilanib boradi.
O‘yin uslubiga kiritgan yangiliklarim haqida gapiradigan bo‘lsam, biz mashg‘ulotlarni to‘g‘ri himoyalanishdan boshlayapmiz.
Fikrlar