Ektor Kuper: Ertaga ko‘plab gollar ursak, mana Kuper kelib o‘zgarishlar qildi deb o‘ylamang

  • 5 sentabr, 2018, 11:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga O‘Zbekiston terma jamoasi "Milliy" stadionida Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu o‘yin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanning dastlabki qismida Ektor Kuper va Odil Ahmedov ishtirok etdi.

Tecno

- Futbolchilar bilan 22 avgustdan mashg‘ulotlarni boshladik. Dastlab ular bilan tanishib oldim. Jamoa va raqibning oldingi o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Taktika va o‘yin uslubiga o‘zgartirishlarni amalga oshirdik. Hozirgacha hamma futbolchilar kelmadi. Ayrimlar kecha qo‘shildi. Yana 7 sentyabr kuni Koreyadagi legionerlar kelishadi. Jamoaning holati borasida ertaga bilib olamiz. Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar o‘zgarishda davom etadi. Ularni ko‘rib o‘zgartirishda davom etamiz.

Oldin ishlagan murabbiyning ishini hurmat qilaman. Futbolchilar bilan tanishish jarayonida shunga ishonch hosil qildimki bu futbolchilarga texnika yaxshi. Ammo hozir himoyaviy yoki hujumkor o‘yin ko‘rsataman deb ayta olmayman. Ertaga ko‘plab gollar ursak, mana Kuper kelib o‘zgarishlar qildi deb o‘ylamang. Bir oydan so‘ng hulosa qikish mumkin.

Futbolchilarni tanlashda jismoniy holat va hozirgi holatni inobatga olaman. Futbolchilarning yig‘inlarga kech kelishi butun dunyoda kuzatiladi. Bu normal holat. Bunaqa paytda jamoadagi 4-5 etakchi futbolchilar maydonga tushaveradi. Chunki ularda tajriba bor.

Hozircha UFA tomoniga etirozim yo‘q. Men murabbiy sifatida bahonalar qilishni istamayman. Hozircha hammasi qoniqarli. Lekin sharoitlarni yaxshilashga harakat qilish kerak. Men uchun birinchi navbatda sharoit emas futbilchilarning menga bo‘lgan munosabati. Ayni paytda futbolchilar kamtarlik qilmoqda.futbolchilar mashg‘ulotlarda katta kuch bilan harakat qilmoqda. Ammo bu yangi murabbiyning kelishi bilan boshliq bo‘lishi mumkin. Buni sekin-asta bilib olamiz.

Odil Ahmedov: Termada bu murabbiy bilan kechadan ishlashni boshladik. Bu inson bilan orzuimizga erishishni niyat qilganmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!