
Egor Krimets: Ertaga bor kuchimizni ishga solamiz
Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ertaga o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qiladi. Bugun o‘yindan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda "sherlar" himoyachisi Egor Krimets ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Yangi mavsum boshlanmoqda. Muxlislarni bu bilan tabriklayman. Joriy mavsum sovrinlar qo‘lga kiritish va chiroyli g‘alabalar bilan ishqibozlarga xursandchilik ulashmoqchimiz. Ertaga muvaffaqiyat uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
- Jismonan jamoa yaxshi holatda deb o‘ylayman. Osiyo Kubogida futbolchilar 120 daqiqadan ham o‘ynashdi.
- Tarkibimizda yo‘qotishlar mavjud. Komilov, Sobirxo‘jaev va Simich jarohat sababli ertaga o‘ynay olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Eyr Fors” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 12 fevral kuni “Paxtakor” stadionida soat 15:00da start oladi. O‘yinni Kim Xi Gon boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasi boqsharib boradi.
Fikrlar