Dzyudochilarimiz “Masters”da kuch sinashadi

  • 15 dekabr, 2017, 03:10
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Rossiyaning Cankt-Peterburg shahrida 16-17 dekabr kunlari dzyudo bo‘yicha “Marsters” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Unda dunyoning 50dan ortiq davlatidan kelgan dzyudochilar 14 vazn toifasida – 7 vaznda erkaklar, 7 vaznda xotin-qizlar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi.

«Yubileyniy» sport saroyida bo‘lib o‘tadigan bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan dzyudochi 1800 ochkoga ega bo‘ladi. Musobaqaning dastlabki kunida erkaklar 60, 66 va 73 kgda, xotin-qizlar 48, 52, 57 va 63 kgda bellashadi. 17 dekabr kuni esa 81 90, 100 va 100 dan ortiq vazn toifasidagi bahslarda erkaklar kuch sinashsa, ayollar 70, 78 va 78dan yuqori vaznda bahslashadi.

Nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Diyorbek O‘rozboev, Sharofiddin Lutfullaev, Muhriddin Tilovov, G‘iyosjon Boboev, Yahyo Imomov, Gulnoza Matniyozova, Kumush Yo‘ldoshev o‘z vazn toifalarida himoya qiladi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!