
Dzyudo: Shahram Ahadov bronza medalini boy berdi
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan dzyudo bo‘yicha -66 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi bronza medali uchun o‘tkazilgan bahs ham o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu bahsda hamyurtimiz Shahram Ahadov qirg‘izistonlik Artur Tega qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahs Qirg‘iziston vakilining foydasiga hal bo‘ldi. Qayd etish lozim, oldinroq, -52 kg vazn toifasidagi vakilamiz Gulnoza Ziyaeva ham bronza medali uchun bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar