Dzyuba Rossiyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 25 dekabr, 2018, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hamda Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba "Futbol" nashri talqini bo‘yicha mamlakatning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Unga ko‘ra 30 yoshli futbolchi bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada 614 ball to‘pladi va TsSKA darvozaboni Igor Akinfeev (245) hamda himoyachi Mario Fernandeslarni (215) ortda qoldirishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy yoz Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda jami 5ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!