
Dunyoning eng qimmat darvozaboni "Chelsi"ga o‘tgach nimalar dedi?
Ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaga “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan o‘zining ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu men va mening faoliyatim, shuningdek shaxsiy hayotim uchun ham juda muhim qaror bo‘ldi.
“Chelsi”ni sovrindor jamoa ekanligi, tarkibidagi futbolchilar, shahar va APLda o‘ynashi o‘ziga jalb qildi. Jamoa rahbariyati menga ishonib sotib olgani uchun judayam xursandman”, - deydi Kepa.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Arrisabalaga uchun “Atletik”ka naqd 80 mln evro to‘ladi va u shu tariqa dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylandi.
Fikrlar