“Chelsi” va “Tottenxem” bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 29 iyun, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” klubi forvardi Mussa Marega faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

O Jogo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli malilik futbolchiga «Chelsi», «Tottenxem», «Everton» va «Vest Xem» kabi klublar jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Bundan tashqari da’vogarlar orasida Germaniyaning “Shalke-04” klubi ham bor.

O‘z navbatida “Portu” Marega borasida kelgan 25 mln evrolik takliflarni rad etmoqda. Portugaliyaliklar futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 40 mln evro tovon pulini undirishmoqchi.

Ma’lumot uchun,  Marega yakunlangan mavsum Portugaliya chempionatida jami 29ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!