"Chelsi" qishda "Napoli" hujumchisini qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urunib ko‘rmoqchi

  • 15 dekabr, 2018, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Napoli" forvardi Dris Mertensni qo‘lga kiritishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klub rahbariyatidan 31 yoshli belgiyalik futbolchini sotib olishni so‘ramoqda. Ta’kidlash kerakki, Sarri va Mertens bir necha mavsum davomida “Napoli”da birga faoliyat olib borishgan. Shu bois futbolchi ham, murabbiy ham bir-birlarini juda yaxshi bilishadi.

Xabarlarga qaraganda A Seriya grandi Mertensni 30 mln evroga baholamoqda va “Chelsi” ushbu futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Dris Mertench “Napoli” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 253ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 100ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!