"Chelsi" mavsum yakunlangach "Milan" bilan o‘zaro futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda

  • 11 fevral, 2019, 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yozda "Milan" bilan o‘zaro futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” Temue Bakayokoni “San Siro”da qoldirish evaziga “rossonerilar”dan Frank Kesseni so‘rashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Bakayoko joriy mavsumni ijara asosida “Milan”da o‘tkazmoqda. U hozircha 27ta o‘yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt talqini bo‘yicha Bakayokoning narzi 30 million evro, Kesseniki esa 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!