
Buskets "Barselona" safidagi 500-o‘yinini o‘tkazdi (FOTO)
Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Serxio Buskets kecha La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (1:1) qarshib bahsda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, ushbu uchrashuv 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidagi yubiley 500-o‘yin bo‘ldi. U ushbu natijaga erishgan “Barselona”ning ettinchi futbolchisi bo‘ldi.
Kataloniya super klubi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida Xavi (767) etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda esa Andres Inesta (674), Lionel Messi (651), Karles Puyol (593), Migeli (549) va Viktor Valdeslar (535) borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoaning asosiy tarkibida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning hisobida hozircha 13ta gol hamda 33ta golli uzatma mavjud.
Fikrlar