Bundesliga to‘purari uchun kurashga "Barselona" ham qo‘shildi

  • 20 noyabr, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayntraxt" forvardi Luka Yovich uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, “ko‘k-anor ranglilar” skautlari kuni kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan Serbiya – Chernogoriya bahsida 20 yoshli serbiyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib borishgan. Qayd etib o‘tamiz, Yovichning transfer huquqi “Benfika”ga tegishli. U frankfurtliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Yovichga “Bavariya” va “Liverpul”dan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning taxminiy transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum “Ayntraxt” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!