Bugun dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

  • 20 sentabr, 2018, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun, 20 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati start oladi.

Tecno

Jahonning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin ziyod sportchi ishtirok etadigan nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun ikki nafar hamyurtimiz musobaqada medallar uchun kurashga chiqadi. Erkaklar o‘rtasida Sharofiddin Lutfullaev (-60kg) tatamiga chiqsa, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Marjona Salohiddinova (-48kg) o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-60kg: Sharofiddin Lutfullaev
-66kg: Sardor Nurullaev
-73kg: Hikmatullo To‘raev, G‘iyosjon Boboev
-81kg: Sharofiddin Boltaboev
-90kg: Davlat Bobonov
-100kg: Muhammadkarim Xurramov, Sherali Jo‘raev
+100kg: Bekmurod Oltiboev

Ayollar:

-48kg: Marjona Salohiddinova
-52kg: Gulnoza Ziyaeva
-57kg: Amina Mamedova
-70kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
-78kg: Nodira Yuldasheva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!