Bugun Madrid derbisi: "Santyago Bernabeu"da "Real" va "Atletiko" o‘zaro "jang" qiladi

  • 29 sentabr, 2018, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya La Ligasining 7-turida chempionatning markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Real” o‘z maydonida hamshahari “Atletiko”ni qabul qiladi. Shubhasizki bugun barcha futbol ishqibozlarining diqqat e’tibori Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadioniga qaratiladi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Real” so‘nggi 4ta o‘yindan buyon “Atletiko”ni mag‘lub eta olmayapti. Aniqrog‘i, “qirollik klubi” so‘nggi marta 2016/17 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida  “matraschilar” (3:0) ustidan zafar quchgan.

- “Real” so‘nggi marta “Atletiko”ni La Liga doirasida 2016 yil 19 noyabr kuni mag‘lubiyatga uchratgan.

- “Atletiko” chempionatning so‘nggi 5ta safar uchrashuvida raqiblari darvozasiga 2tadan kam gol urmoqda.

"Real" Madrid – "Atletiko" Madrid

Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid)

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Xose Munuera Montero (Ispaniya)

Taxminiy tarkiblar:

"Real": Kurtua – Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho – Kazemiro, Kroos, Modrich – Asensio, Beyl, Benzema.

"Atletiko": Oblak – Xuanfran, Godin, Ximenes, Ernandes – Lemar, Rodri, Koke, Saul – Grizmann, Kosta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!