
Bugun Evropa Ligasida 1/16 final juftliklariga aniqlik kiritiladi
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida Evropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Bu bosqichga etib kelgan jamoalar ikkita savatchaga ajratiladi. Birinchi savatchadan musobaqaning guruh bosqichida g‘olib chiqqan jamoalar va EChL guruh bosqichidan o‘tgan eng kuchli to‘rt jamoa o‘rin olishadi.
Bu bosqichda bir mamlakat va bir guruhda o‘ynagan klublar o‘zaro to‘qnash kelishmaydi. Shuningdek, Ukrainaning “Shaxtyor” klubi Rossiya jamoalari bilan uchrashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birinchi savatcha: APOEL (Kipr), “Ayaks” (Gollandiya), “Osmanlispor”, “Fenerbaxche” (ikkalasi – Turkiya), “Genk” (Belgiya), “Zenit” (Rossiya), “Sent-Eten” (Frantsiya), “Roma”, “Fiorentina” (ikkisi – Italiya), “Sparta” (Chexiya), “Shalke” (Germaniya), “Shaxtyor” (Ukraina).
EChLdan qo‘shilgan jamoalar: “Beshiktosh” (Turkiya), “Kopengagen” (Daniya), “Lion” (Frantsiya) va “Tottenxem” (Angliya).
Ikkinchi savatcha: AZ (Gollandiya), “Anderlext”, “Gent” (ikkalasi – Belgiya), “Astra” (Ruminiya), “Atletik”, “Vilyarreal”, “Selta” (barchasi – Ispaniya), “Krasnodar” (Rossiya), “Manchester Yunayted” (Angliya), “Olimpiakos”, PAOK (ikkalasi – Gretsiya), “Xapoel” (Isroil).
EChLdan qo‘shilgan jamoalar: “Borussiya” Myunxengladbax (Germaniya), “Rostov” (Rossiya), “Legiya” (Polsha), “Ludogorets” (Bolgariya).
Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.
1/16 final uchrashuvlari 16 va 23 fevral kunlari o‘tkaziladi. Birinchi savatchadan o‘rin olgan klublar javob bahslarini o‘z maydonida o‘tkazishadi.
Fikrlar