
Bugun "E" va "F" guruhlarida keyingi bosqich masalasi hal qilinadi
Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun, 27 iyun kuni turnir guruh bosqichi doirasida to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda “E” va “F” guruhi ishtirokchilar maydonga tushadi.
Toshkent vaqti bilan 19:00da Qozon shahridagi stadionda Janubiy Koreya va Germaniya termalari o‘zaro kuch sinashadi. Shu o‘yin bilan parallel ravishda Ekaterinburg shahrida Meksika va Shvetsiya jamoalari keyingi bosqich masalasiga aniqlik qiritadi.
SPORTS.uz portali mazkur uchrashuvlaridan matnli onlayn translyatsiya qilishni rejalashtirgan.
Shundan so‘ng “F” guruhi vakillari Toshkent vaqti bilan soat 23:00da o‘yinni boshlashadi.
Birinchi o‘yin Nijniy Novgorodda Shveytsariya va Kosta-Rika termalari o‘zaro to‘qnash kelsa, ikkinchi o‘yin Moskvadagi “Otkrytie Arena”da Serbiya Braziliya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar