Buenos-Ayres 2018. 14 medal ko‘lga kiritildi

CHERY AUTO

Biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi hisobimizga navbatdagi medalni taqdim etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Karate bo‘yicha -53 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dildora Aliqulova guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalgacha etib bordi. Final ostonasida kechgan jangda u karate vatani hisoblanadigan Yaponiya mamlakati vakilasi Rinka Taataga to‘qnash keldi. Afsuski, hamyurtimiz ushbu bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda bronza medali bilan kifoyalandi.

Ushbu medal O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 14-medal bo‘ldi. Shu tariqa, musobaqaning so‘nggi kuni oldidan O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari bor. 1 ta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!