
Bu qiziq. Germaniya so‘nggi 5ta mundialdan buyon Osiyo terma jamoalaridan gol o‘tkazmay kelayotgan edi...
Xabaringiz bor bundan biroz muqaddam JCh-2018 guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblangan Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qizig‘i shundaki, “Bundestim” so‘nggi 24 yil ichida biror marta ham jahon chempionatlari bahslarida Osiyo terma jamoalaridan gol o‘tkazib yubormagan edi. Osiyoliklar so‘nggi marta 1994 yil AQShda o‘tkazilgan mundialda Germaniya darvozasiga yo‘l topishgan va o‘shanda ham ushbu ishni aynan Janubiy Koreya terma jamoasi amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng guruhda so‘nggi o‘rinda qolib ketdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar