
Bokschilarimiz Aktaudagi xalqaro turnirda 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi (foto)
Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z yakuniga etdi. Mazkur musobaqaning yarim finaliga 9 nafar bokschimiz etib kelgan edi. Kecha o‘tkzilgan yarim final to‘qnashuvlaridan so‘ng olti nafar charm qo‘lqop ustalarimiz oltin medallar uchun kurash olib borishdi.
Unga ko‘ra, Mironshoh Ibrohimov (49 kg), Murodjon Axmadaliev (60 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) bronza medallari bilan taqdirlangan bo‘lsa, Otabek Xolmatov (56 kg) hamda Madiyar Saidrahimov (81 kg) kumush medallariga ega chiqishdi.
Hal qiluvchi bellashuvda ham raqiblaridan o‘z ustunligini namoyish qilgan Elnur Abduraimov (64 kg), Mahmud Gaipov (69 kg), Isroil Madrimov (75) va Bahodir Jalolov (+91 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olishdi.
Fikrlar