28 sentyabr kuni ushbu musobaqalarning boks bo‘yicha bahslari boshlangandi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar kecha nihoyasiga etdi.
Musobaqa davomida boksga turdosh bo‘lgan muaytay, kikboksing, qo‘l jangi va ushu sanda federatsiyalaridan 19-21 yoshda bo‘lgan sportchilar ishtirok etishdi.
Final yakunlariga ko‘ra, bahslarda muaytaychilar birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi pog‘onadan kikbokschilar joy olishgan bo‘lsa, qo‘l jangi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga uchinchi o‘rin nasib etdi.
Turnir yakunida birinchi o‘rin sohiblarining har biriga Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari esa mos ravishda 1 million va 500 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fikrlar