Boks. Xalakov oltin uchun, yana ikki bokschimiz bronza medali uchun ringga ko‘tariladi

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik muxlislar uchun albatta boks bo‘yicha bahslar katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Bugun uch nafar bokschimiz yarim finalda o‘z janglarini o‘tkazishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

-69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Jahongir Rahmonov argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. -81 kg vaznli Timur Merjanov rossiyalik Ruslan Kolesnikovga mag‘lub bo‘ldi.

-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakovning argentinalik bokschi Mirko Kueloga qarshi jangi esa kechaning eng shiddatli to‘qnashuvlaridan biri bo‘ldi. Arenaga yig‘ilganlarning asosiy qismi albatta bu jangda mezbon bokschiga muxlislik qilishdi, jang davomida qo‘llab-quvvatlashdi. Shunga yarasha Kuelo ham jangni ajoyib o‘tkazdi. Ammo, bahs davomida ko‘proq ustunlikka erishgan Abdumalik yakunda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Endi ikki nafar bokschimiz bronza medali uchun jang qilsa, biri oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

17 oktyabr:

Bronza medali uchun:

-69 kg: Jahongir Rahmonov – Nijat Hasanov (Ozarbayjon) (22:00).

 

18 oktyabr:

Oltin medal uchun:

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Maksim Kalinichev (Ukraina) (21:30).

Bronza medali uchun:

-81 kg: Timur Merjanov – Yusuf Ali Karar (Misr) (22:45).

Izoh: Soatlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!