
"Boka Xuniors" o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Libertadores kubogi finalida "River Pleyt"ga imkoniyat boy berilgach bosh murabbiyi bilan hamkorlikni to‘xtatgan "Boka Xuniors" o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda jamoaga bundan buyon Gustavo Alfaro ustozlik qiladi. "Boka Xuniors" 56 yoshli argentinalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Alfaroning so‘nggi ish joyi "Urakan" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar