Bilasizmi? Xorvatiya JCh finaliga chiqqan FIFA reytingidagi eng past terma jamoa bo‘ldi

  • 12 iyul, 2018, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Lujniki”da JCh-2018ning yarim finalida Xorvatiya Angliya (2:1) ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqaning finaliga yo‘lanmani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qizig‘i, xorvatiyaliklar jahon chempionatlari tarixida FIFAning terma jamoalar reytingida eng past ko‘rsatgichga ega bo‘lgan ilk finalchiga aylanishdi. Ta’kidlash kerakki, mundial boshlanishidan avval Zlatko Dalich shogirdlari ushbu reytingda bor yo‘g‘i 20-o‘rinni egallab turishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyaning finaldagi raqibi Frantsiya terma jamoasi esa ayni damda FIFA reytingida 7-pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, terma jamoalar reytingi 1992 yildan buyon FIFA tomonidan tuzib chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!