
Bilasizmi? Angliya JCh-2018da mahalliy chempionatda to‘p suruvchi futbolchilardan tuzilgan yagona jamoa
Angliya terma jamoasi tarkibi to‘liq mahalliy chempionat hisoblangan Angliya premer-ligasida ishtirok etuvchi futbolchilardan tashkil topgan.
E’tiborlisi, Garet Sautgeyt boshchiligidagi jamoa bu borada JCh-2018da yagona hisoblanadi. Quyida Angliya terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilarning klublari bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Tottenxem" – 5 . "Manchester Yunayted" – 4. "Manchester Siti" – 4. "Lester Siti" – 2. "Liverpul" – 2. "Everton", "Stok Siti", "Byornli", "Chelsi", "Kristal Pelas", "Arsenal" – 1.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi ertaga mundialning yarim final bosqichi doirasida Xorvatiyaga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar